Superliganing uchta jamoasiga yozgi transfer oynasi uchun sanksiya qo‘llanildi

Superliganing uchta jamoasiga yozgi transfer oynasi uchun sanksiya qo‘llanildi

«Navbahor», «Neftchi» va «Surxon» klublariga yozgi transfer oynasi uchun sanksiya qo‘llanildi.

Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita qarorlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun mazkur uch klub 2024 yilning yozgi transfer oynasida xorijlik futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Taqiq qarzdorlik bartaraf etilgan taqdirda ham amalda bo‘ladi.

Joriy yilning 16 iyul sanasiga qadar Liga bu uch klubning yangi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Mazkur sanaga qadar ham qo‘mita qarorlari ijrosi bajarilmasa, 16 iyul sanasidan so‘ng ular faqatgina 2002 va undan keyin tug‘ilgan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun ruxsat beriladi. Bunda klublar «Superliga va Pro liga reglamenti»da belgilangan limitdan chiqib ketmasligi ta’minlanadi.

Agar transfer oynasining so‘nggi kuni bo‘lgan 30 iyul sanasiga qadar ham mavjud qarzdorlik bartaraf etilmasa, u holda avtomatik ravishda 2025 yilning qishki transfer oynasida legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqiq kuchga kiradi. Shundan so‘ng mazkur klublardan 6 ochkogacha olib tashlash masalasi kun tartibiga kiritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!