Chiqindi ortidan janjal kelib chiqdi

Chiqindi ortidan janjal kelib chiqdi

Toshkent viloyati Ohangaron tumani Yangihayot mahallasi «Veterok» dala hovlilari hududida fuqarolar o‘zaro janjallashdi.

Holat bo‘yicha viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha shu yilning 2 iyul kuni 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro S.R. ko‘chaga chiqindi tashlagan vaqtida qo‘shnisi 1996 yilda tug‘ilgan I.N. e’tiroz bildirgan. Natijada ikki qo‘shni o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Ma’lumotlarga qaraganda, fuqarolar keyinchalik o‘zaro yarashib olishgan va voqea yuzasidan IIBga murojaat qilmagan.

Hozirda holat nazoratga olinib, Ohangaron tumani IIB tomonidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!