Kardiolog: «Angliyaning o‘yinlari muxlislarda stressning oshishiga va yurak xastaliklariga sabab bo‘ladi»

Kardiolog: «Angliyaning o‘yinlari muxlislarda stressning oshishiga va yurak xastaliklariga sabab bo‘ladi»

Kardiologning fikricha, Angliya milliy jamoasi o‘yinlari yurakka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

«Sautgeyt natijalarga erishdi va xunuk g‘alaba ham baribir g‘alaba, ammo uning taktikasining ehtiyotkor deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu muxlislar o‘rtasida salbiy emosiyalarni, jumladan, umidsizlikni keltirib chiqaradi, bu stress darajasini va yurak xastaligi xavfini oshiradi.

Hujumkorlik, masalan, Ispaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan o‘yin ijobiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi va insonda o‘zini yaxshi his qilishga yordam beradigan kimyoviy moddalarni, shu jumladan, endorfinlarni chiqaradi. Ammo himoyaviy o‘yinda bunday bo‘lmaydi.

Muxlislarning noroziligi stressning oshishiga va yurak xastaliklariga sabab bo‘ladi», — dedi yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha mutaxassis Dorian Dugmor.

Angliya Yevro-2024da pragmatik o‘yiini uchun ko‘p tanqid qilindi. Shunga qaramay, jamoa chorakfinalga yetib keldi va 6 iyul kuni Shveysariya bilan to‘qnash keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!