Turkiya AQSh va Britaniya fuqarolari ustidan nazoratni kuchaytirdi

Turkiya AQSh va Britaniya fuqarolari ustidan nazoratni kuchaytirdi

Turkiya razvedkasi mamlakatga tashrif buyurgan AQSh va Britaniya fuqarolari ustidan nazoratni kuchaytirdi, deya xabar qildi Nordic Monitor Skandinaviya tadqiqotlar va monitoring nodavlat tashkiloti. Bunga ushbu davlatlarning ayrim fuqarolari prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukumatini beqarorlashtirish maqsadida ayg‘oqchi va pudratchi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkinligi sabab ekani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, buning uchun MİT turk razvedka xizmati jurnalistlar, tadqiqotchilar, akademiklar va nodavlat-notijorat tashkishlotlar xodimlari orasidan potensial josuslarni aniqlash uchun ma’lumotlarni tahlil qilish algoritmlaridan foydalanilgan maxsus dasturni ishlab chiqqan.

Algoritm turli ko‘rsatkichlarni, jumladan, ba’zi kasblar, tez-tez tashrif buyuradigan joylar, hamkorlar, xabarlarda ishlatiladigan kalit so‘zlar, Internet-trafik, xatti-harakatlar namunalari va boshqalarni tahlil qiladi.

Bunday chora-tadbirlar deportasiya qilish va yashash uchun ruxsatnomani uzaytirishni rad etish holatlariga olib kelmoqda. Turkiya rasmiylari mazkur choralarni milliy xavfsizlikni himoya qilish zarurati bilan oqlamoqda, G‘arb davlatlari esa siyosiy sabablarga ko‘ra hibsga olishlar va tekshiruvlar o‘tkazilayotganidan xavotir bildirmoqda.

Ko‘plab G‘arb nodavlat tashkilotlari ham Turkiyadagi loyihalari orqali josuslikda va beqarorlikda ayblanib, nazorat ostiga olingan. Ushbu choralar tanqidlarga sabab bo‘ldi va G‘arb davlatlarining Turkiyaga sayohat qilishda ehtiyotkor bo‘lish haqida ogohlantirishlariga olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!