Avstraliyada Falastinni qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilar parlament binosiga kirib oldi

Avstraliyada Falastinni qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilar parlament binosiga kirib oldi

Avstraliyada 4 iyul kuni Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqan fuqarolar parlament binosiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Reuters manbasi xabar berdi.

Holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakat poytaxti Kanberrada ro‘y bergan. Ko‘p sonli namoyishchilar ruxsatsiz tarzda parlament binosi oldida to‘plangan va keyinchalik bino ichiga kirib olgan.

Parlament binosi tomiga chiqqan namoyishchilar “Ozod Falastin” deb yozilgan bannerlarni shahar aholisiga ko‘rinarli tarzda ilib qo‘yishgan. Bu harakat bilan hukumatni Isroil bilan aloqalarini uzishga chaqirishgan.

Avstraliya parlamenti rasmiylari yuz bergan hodisani xavfsizlik tartibining qo‘pol tarzda buzilishi deb baholagan. Namoyishchilarning parlamentgacha yetib kelishi jiddiy signal sifatida qabul qilingan.

Hukumat vakillari noqonuniy namoyishlarni to‘xtatishni talab qilgan. Har qanday jiddiy sabab parlament hududiga bostirib kirishni oqlay olmasligi aytilgan.

“Biz unutmaymiz, kechirmaymiz va qarshilik ko‘rsatishda davom etamiz”, — deya hukumat e’tirozlariga javob bergan namoyishchilar.

Kanberra polisiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun parlament hududiga brigadalar yuborgan. Namoyishchilarning bir qismi polisiyaga qarshilik qilgani uchun hibsga olingan. Aholiga o‘q uzish holatlari ro‘y bermagan.

Ayni paytda boshqa bir namoyishchilar guruhi Kanberra ko‘chalari bo‘ylab “Daryodan dengizgacha”, “Falastinga ozodlik ber” kabi e’lonlarni o‘rnatishda davom etgan. Hukumat parlamentdagi voqealardan kelib chiqib, davlat muassasalarida qo‘riqlash choralarini kuchaytirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!