MIB ham masofadan turib xizmat ko‘rsatadi

MIB ham masofadan turib xizmat ko‘rsatadi

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati tumanlararo ixtisoslashtirilgan bo‘limi joriy yilning o‘tgan davrida onlayn kelib tushgan 41 ming 943 ta ijro hujjati asosida 15 milliard 870 million so‘m qarzdorlikni undirdi.

Prezidentimizning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq faoliyat yuritayotgan tumanlararo ixtisoslashtirilgan bo‘limlar ijro hujjatlari ijrosini soddalashtirilgan tartibda ta’minlab, hisobini yuritadi.

– Ijro hujjatlarining soddalashtirilgan tarzda ijrosini ta’minlaymiz, – deydi MIB Surxondaryo viloyati tumanlararo bo‘limi boshlig‘i Anvar Xudoyorov. – Ma’muriy jarimalar, soliq qarzi va davlat bojini undirish bo‘yicha undiruvni qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan masofadan turib amalga oshiramiz. Shuningdek, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olib, to‘lovlarni qarzdor fuqarolarga bo‘lim tomonidan yuborilgan xabarnomada ko‘rsatilgan ID raqamlarga “Elektron to‘lov tizimlari orqali” to‘lab beramiz.

Viloyatda undirilgan pul mablag‘larining 50 foizi maxsus daftarlar jamg‘armalari xususan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga yo‘naltirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!