MIBchilarni laqillatmoqchi bo‘lgan "uddaburon"ning siri fosh bo‘ldi

MIBchilarni laqillatmoqchi bo‘lgan "uddaburon"ning siri fosh bo‘ldi

«CHERY TIGGO 7 PRO»ga taqilgan raqam «Jiguli» rusumli avtomashinaga tegishli bo‘lib chiqdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi qarzdor L.K..dan «Asakabank» Farg‘ona viloyat boshqarmasi foydasiga 342 mln. 259 ming so‘m undirishni belgilagandi.

Shunga asosan Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari harakatga tushdi. Avvaliga qarzdorga sud belgilagan summani ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berildi.

Natija bo‘lmagach, unga tegishli mol-mulklar tekshirildi va aniqlandiki L.K.ning ikki qo‘li tosh orasida emas - «CHERY TIGGO 7 PRO» rusumli 40 F *** FB davlat belgili avtomashinasi bor ekan.

Biroq davlat ijrochilari qancha urinishmasin, avtomashina topilsa, qani?! Noiloj, avtomashinaga qidiruv berildi.

Oradan vaqt o‘tdi o‘tdi. Nihoyat, Byuroning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va shahar bo‘limi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, «CHERY TIGGO 7 PRO»ni topdi. Mashina osmonga uchmabdi, yer yutmabdi: uni L.K.ning o‘zi bemalol boshqariib yurgan ekan.

Qanday qilib? Oson: bor-yo‘g‘i «CHERY TIGGO 7 PRO»ga boshqa davlat belgi - 40 M***LB raqamini qadab olgan ekan, xolos.

Tekshiruvda 40 M***LB davlat raqami «Jiguli» rusumli avtomashinaga tegishli bo‘lib chiqdi. Qoyilmisiz?

Endi nima bo‘ladi? Qonun nimani talab qilsa, shu bo‘ladi-da. Birinchi navbatda «CHERY TIGGO 7 PRO» qarzni qoplashga yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!