Belarus SHHTga qabul qilindi

Belarus SHHTga qabul qilindi

Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) Ostonadagi sammiti Belarusni assosiasiyaga qabul qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolash bilan boshlandi, deb yozadi «TASS».

Sammit avvalida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hujjatlarni imzolashni taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus «qisqa vaqt ichida SHHTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi barcha zarur tartib-qoidalarni bajardi».

Shunday qilib, mamlakat tashkilotning to‘liq huquqli, o‘ninchi a’zosiga aylandi. Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston ham xuddi shunday maqomga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!