Rishi Sunak bosh vazir lavozimini tark etishi mumkin

Rishi Sunak bosh vazir lavozimini tark etishi mumkin

Britaniyada parlament saylovlari boshlandi, natijada Rishi Sunak bosh vazir lavozimini tark etishi mumkin.

The Economist tadqiqotiga ko‘ra, respondentlarning 97 foizdan ortig‘i parlamentdagi aksariyat o‘rinlar muxolifatdagi Leyboristlar partiyasiga, atigi 1 foizi esa Sunakning konservativ blokiga ishonadi, deb hisoblaydi.

Sunak o‘rnini Leyboristlar partiyasi rahbari Key Starmer egallashi mumkin, deydi tahlilchilar. Saylov natijalari 5 iyul kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq, yana bir so‘rov Sunakning rekord darajada past reytingini ko‘rsatdi: britaniyaliklarning atigi 19 foizi bosh vazirni ijobiy baholaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!