Ukraina Putinni tinchlik sammitida ko‘rmoqchi

Ukraina Putinni tinchlik sammitida ko‘rmoqchi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bo‘lajak tinchlik sammitiga taklifnoma olishini istisno etmayapti. Bu haqda u "Bloomberg" agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti agar jarayonni boshlash yo‘li topilsa, Putinning «yaqin kelajakda» muzokaralarda ishtirok etishini kutmasligini aytdi. Uning fikricha, urush Ukraina va butun dunyo uchun adolatli yakunlanishiga AQSh va Xitoyning birgalikdagi harakatlari katta ehtimol bilan muvaffaqiyat olib keladi.


Zelenskiyning fikriga ko‘ra, AQSh va Xitoy, agar ular «kelishmovchiliklarni chetga surib qo‘ysalar», harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun qo‘shma vositachilar sifatida harakat qilishlari mumkin. Uning fikricha, Pekin mojaroni hal qilishda «jiddiy rol» o‘ynashi kerak. Xitoy urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga «bosim o‘tkazishi» mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!