Olimlar Marsda unib-o‘sib keta oladigan har jihatdan mos o‘simlikni topishdi

Olimlar Marsda unib-o‘sib keta oladigan har jihatdan mos o‘simlikni topishdi

Xitoylik olimlar Yerdagi o‘simliklarni Mars sharoitida unib-o‘sib ketishini tekshirish bo‘yicha muvaffaqiyatli sinovlar o‘tkazilgani haqida xabar berishdi.

Buning uchun ular Antarktidadan Moxave cho‘ligacha bo‘lgan yerning eng noqulay joylarida o‘sadigan Syntrichia caninervis deb nomlangan turdan foydalanishdi. Mazkur o‘simlik uchun sun’iy tarzda Mars sharoiti hosil qilinib, ular mazkur muhitda 5 yil davomida hech qanday parvarishlarsiz yashovchanligini saqlab qoldi.

Qizil sayyorani o‘zlashtirish uchun odamlar har qanday holatda ham unga ko‘plab o‘simliklar ekishlari kerak bo‘ladi. Ular oziq-ovqat manbai sifatida emas, balki karbonat angidridni qayta ishlash va atmosferani kislorod bilan to‘yintirish uchun kerak. Bu jarayon uzoq vaqt talab etadi, shuning uchun tashqi aralashuvsiz og‘ir sharoitlarda omon qolishi mumkin bo‘lgan turlar kerak.

Syntrichia caninervis shartli ravishda iste’mol qilinadi, ammo uning ozuqaviy qiymati nolga teng. Uning Mars sharoitida qanchalik samarali ko‘payishi va odam aralashuvisiz mazkur o‘simliklar keng maydon bo‘ylab qanday tarqalishi aniq emas. Boshqa tomondan, mazkur o‘simlik -80 ℃ gacha bo‘lgan haroratga, suvsizlanishga chidamli ekani ma’lum bo‘ldi, hatto past holatdagi nurlanish ta’sirida o‘sishni tezlashtirdi. Hozircha bu Marsni o‘zlashtirish uchun quruqlikdagi barcha o‘simliklar orasida ideal nomzod, deb xabar beradi techcult.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!