Hindistonda odamlarni Oyga olib chiqa oladigan raketa ishlab chiqiladi

Hindistonda odamlarni Oyga olib chiqa oladigan raketa ishlab chiqiladi

Hindiston odamlarni Oyga olib chiqishga mo‘ljallangan raketa ishlab chiqishni boshladi.

Bu haqda NDTV telekanali Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti rahbari Shridxar Paniker Somnatxga tayanib xabar berdi.

Odam tashuvchi raketaga Next Generation Launch Vehicle (NGLV) deb nom berildi. Uning quyi qismlari suyuq kislorod va metandan foydalangan holda quvvat oladi, yuqori qismi esa kriogen dvigatelda ishlaydi, deb xabar beradi lenta.ru.

Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, raketa 40 tonnadan ortiq foydali yukni Yerning uyi orbitasiga olib chiqa oladi. U 2040 yilgacha Oyga birinchi hindistonlikni olib chiqishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!