Chumolilarning odamlar kabi bir-birini operasiya qila olishi aniqlandi

Chumolilarning odamlar kabi bir-birini operasiya qila olishi aniqlandi

Lozanna universitetining shveysariyalik olimlari Yerda odamlar bilan bir qatorda yaqinlarini qutqarish uchun tibbiy operasiyalarni bajaradigan yana bir tur mavjudligini aniqlandi.

Ular chumolilar bo‘lib chiqdi. Tadqiqot Current Biology (CurBio) ilmiy jurnalida chop etildi.

Kuzatishlar natijasida jamoa Camponotus floridanus chumolilari boshqa chumolilarining oyoq-qo‘llaridagi yaralarni aniqlay olishini va ularni tozalash yoki amputasiya qilish orqali davolashini aniqladi.

Bir yil oldin, xuddi shu olimlar guruhi afrikalik chumolilar – Megaponera analis o‘z “qarindosh”laridagi infeksiyalarni bezlarida ishlab chiqarilgan dezinfeksiyalaydigan modda yordamida davolay olishini isbotlashgandi.

Camponotus floridanus chumolilarda bunday bezlar yo‘q. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, hasharotlar tutqichlari yordamida jarohatlarni tozalaydi va ba’zi hollarda shikastlangan a’zoni tishlaydi.

Tadqiqotchilarning qo‘shimcha qilishicha, chumolilarning yaralarni aniqlay olish va davolash qobiliyati tug‘ma bo‘lib, ular buni o‘rgana olishiga oid hech qanday dalil topmadi, deb xabar beradi gazeta.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!