Ronaldu yoki Messi? Neymar kimni ustunroq qo‘yishini aytdi

Ronaldu yoki Messi? Neymar kimni ustunroq qo‘yishini aytdi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hamda Braziliya terma jamoasi hamda kataloniyaning “Barselona” klubi afsonasi Ronaldinyo o‘rtasida qiyin tanlovni amalga oshirdi.

Futbolchi “Eng yaxshi o‘yinchini tanla” nomli o‘yinda qatnashdi. Neymar Ronaldu va Ronaldinyo o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘lgunga qadar barcha savollarga ishonch bilan javob berdi. Keyin esa Neymar bir oz qiynaldi va tin olib Ronalduni tanladi. Biroq shundan so‘ng darhol portugaliyalik futbol yulduzini emas, Lionel Messini tanlashini ma’lum qildi.

Neymar 2023 yilning yozida “PSJ”dan “Al-Hilol”ga o‘tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsum yakunida “Al-Hilol” Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!