Jazoir bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi

Jazoir bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi

Joriy yil 3 iyulda investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Irqiy bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida joriy savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda sheriklik munosabatlarini kengaytirish istiqbollari muhokama etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ustida ishlash, ishbilarmonlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdo munosabatlariga to‘sqinlik qiluvchi muammolar va omillarni aniqlash va tezkor tartibda bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yirik tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishda to‘plangan tajribaga tayangan holda, boshqa yo‘nalishlar bilan bir qatorda, kimyo, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, neft-gaz sanoati, shuningdek, turizm sohalarida o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga tayyorligini yana bir tasdiqladilar, deb xabar beradi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!