Parij—2024. Anastasiya Zelinskaya O‘zbekiston delegasiyasiga navbatdagi yo‘llanmani taqdim qildi

Parij—2024. Anastasiya Zelinskaya O‘zbekiston delegasiyasiga navbatdagi yo‘llanmani taqdim qildi

O‘zbekistonlik 20 yoshli suzuvchi delegasiyaga navbatdagi yo‘llanmani taqdim qildi.

Butunjahon suv sporti turlari federasiyasi (World Aquatics) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchilar nomini e’lon qildi.

Ahamiyatlisi, ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anastasiya Zelinskaya ham 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchilari qatorida e’tirof etildi. Sportchi bo‘lajak bahslarda 400 metrga erkin usulda suzish dasturida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegasiyaning Olimpiadaga olgan litzenziyalari soni 69 taga yetdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston boks federasiyasi terma jamoaga eng ko‘p lisenziya olib keldi. Parijdagi musobaqada 11 nafar bokschi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

O‘zbekiston delegasiyasi birinchi bor jamoaviy musobaqalarda lisenziyani qo‘lga kiritdi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi birinchi bor Olimpiadada qatnashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!