2023 yilda Yaponiyada 91 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan

2023 yilda Yaponiyada 91 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan

2023 yilda Yaponiyada turli vaziyatlarda 91 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan. Bunday g‘oyib bo‘lishlar soni ketma-ket uchinchi yil ortib bormoqda.

Bu haqda mamlakat polisiya bosh boshqarmasi hisobotida aytiladi.

Yo‘qolganlarning umumiy soni orasida 19 mingdan ortig‘i aqli zaif yoki bunday tashxisga shubha qilingan odamlardir. Bu 2012 yildan buyon bunday statistik ma’lumotlar yuritilayotganidan beri eng katta ko‘rsatkichdir. Yaponiyada 11 yil ketma-ket aqli zaif odamlarning yo‘qolib qolishi soni 2012 yildagidan ikki baravar ko‘paydi.

Yaponiya aholisi qarigan sari bunday holatlar soni ortib boradi, dedi Tokiodagi matbuot anjumanida polisiyani nazorat qiluvchi Milliy jamoat xavfsizligi komissiyasi raisi Yosifumi Matsumura. «Biz polisiya idoralarini demans bilan kasallangan odamlarga yordam berish uchun tezroq va samaraliroq choralar ko‘rishga yo‘naltiramiz», dedi u.

Hozirgi kunda 65 yoshdan oshganlar Yaponiya aholisining deyarli 30 foizini tashkil qiladi. Ba’zi munisipalitetlar demans bilan og‘rigan odamlarga ularning joylashuvini yozib oladigan portativ qurilmalarni berishni boshladilar. Yo‘qolganlarni qidirish uchun dronlardan foydalanila boshlandi.

Shu bilan birga, hisobotda qayd etilishicha, Yaponiyada g‘oyib bo‘lishlarning yarmidan ko‘pi oilaviy muammolar, biznes yoki ish sharoitlari bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!