Rasman! Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi

Rasman! Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi

“Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

🏢 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:

🔹ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

🔹maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;

🔹maktabgacha ta’limning o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o‘rta ta’lim dasturlari bilan uzviyligini ta’minlash;

🔹davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!