Rossiyalik posbon "PSJ" ixtiyoriga yetib bordi

Rossiyalik posbon "PSJ" ixtiyoriga yetib bordi

Yozgi transfer oynasida darvozabon Matvey Safonov "Krasnodar"dan "PSJ"ga o‘tdi. Matbuot Liga 1 giganti rossiyalik posbon uchun 20 million yevro to‘lagani haqida xabar tarqatdi.

"RB Sport" xabariga ko‘ra, 25 yoshli Safonov allaqachon "PSJ" ixtiyoriga yetib borgan. U yerda futbolchi Parij klubi murabbiylari bilan individual dastur bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boradi, shu tarzda yozgi yig‘in boshlanishiga hozirlik ko‘radi. "PSJ" 15 iyuldan tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlaydi.

Matvey Safonov - "Krasnodar" akademiyasining bitiruvchisi. "Buqalar"ning birinchi jamoasi tarkibida darvozabon 175 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 208 ta gol o‘tkazib yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!