G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar qayta boshlandi

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar qayta boshlandi

Falastinning HAMAS terror tashkiloti yetakchisi Ismoil Haniyya Misr va Qatar vositachilari bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish shartlari bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazdi. Guruh veb-saytida aytilishicha, u bir vaqtning o‘zida Turkiya vakillari bilan gaplashgan.

Isroil manbalari, vositachilardan kelishuv bo‘yicha yangi takliflar olganini ma’lum qildi. Tafsilotlar e’lon qilinmagan.

Shu paytgacha ikkinchi sulh tuzishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Isroil harakat erkinligini saqlab qolgan holda garovga olinganlarni ozod qilishdan manfaatdor. HAMAS jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatishni va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketishni talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!