Bahodir Jalolov Olimpiadadagi raqiblar haqida gapirdi

Bahodir Jalolov Olimpiadadagi raqiblar haqida gapirdi

Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Parijda ikkinchi oltin medalni ko‘zlamoqda.

«Niyatim faqat oltin medal. O‘tgan safar ham shunday niyat bilan ketgandim. Xudo xohlasa tarix yozish uchun ketyaptmiz.

Professional ringni vaqtincha to‘xtatib turib, yana Olimpiya o‘yinlarida qatnashaman. Oltin medal uchun harakat qilyapman», deydi u.

— Parij Olimpiadasida asosiy raqib sifatida kimni qayd eta olasiz?

— Kuchsiz raqib bo‘lmaydi. Barcha raqib o‘ziga yarasha kuchli. Barcha raqibga bir xil tayyorgarlik ko‘ramiz. Chunki Olimpiadaga kuchsiz sportchi kelmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!