Bangladeshda 1,3 milliondan ortiq odam suv toshqinidan jabr ko‘rdi

Bangladeshda 1,3 milliondan ortiq odam suv toshqinidan jabr ko‘rdi

1,3 milliondan ortiq bangladeshlik mamlakat shimoli-sharqidagi suv toshqinidan jabr ko‘rdi.

Bu haqda jurnalistlarga mahalliy polisiya ma’lum qildi.

“1,34 milliondan ortiq odam jabr ko‘rdi. Suv toshqini oqibatida ular yashagan qishloqlardagi uylar va yo‘llar suv ostida qoldi”, deya Silxet okrugi polisiyasi komissari Abu Ahmed Siddiqning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Agence France-Presse.

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, kuchli yog‘ingarchilik Brahmaputra, Dxarla va Dudxkumar daryolarida suv sathining xavfli darajada ko‘tarilishiga olib keldi, bu esa Bangladesh shimoli-sharqidagi ko‘plab hududlarda suv toshqiniga sabab bo‘ldi. Meteorologlar yana 24 soat davomida yomg‘ir yog‘ishi haqida ogohlantirdi.

Rasmiylar jabrlanganlarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi. Suv bosgan hududlar aholisi vaqtincha chodirli lagerlariga evakuasiya qilinmoqda, deb xabar beradi report.az.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!