“Saudiya–O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi boshchiligidagi delegasiya Senatga tashrif buyurdi

“Saudiya–O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi boshchiligidagi delegasiya Senatga tashrif buyurdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Saudiya Arabistoni Maslahat kengashining “Saudiya–O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Muhammad bin Abdulaziz al-Jarba boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar bosqichma-bosqich kengayib borayotgani alohida qayd etildi.

Muhammad bin Abdulaziz al-Jarba Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda islom madaniyati va ma’rifatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida parlamentlararo aloqalarning muhimligidan kelib chiqib, uni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Parlament do‘stlik guruhlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish va amaliy natijalar bilan boyitish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!