Jinlar ham sahoba hisoblanadimi?

Jinlar ham sahoba hisoblanadimi?

Ulamolar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib iymon keltirgan va mo‘min holida vafot etgan jinlar ham sahoba hisoblanishini aytganlar. Bu haqida Mulla Ali Qori rahmatullohi alayh quyidagi qavlni rivoyat qilgan: “Saxoviy: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rgan va u zotga imon keltirgan jinlar ham sahoba hisoblanadi, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ularga ham payg‘ambar etib yuborilganlari qat’i ravishda aniqdir”, – degan. 

Badriddin Shibliy Hanafiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib u zotga iymon keltirgan jinlarning oxirgi vakillaridan birini Umar ibn Abdulaziz rahmatullohi alayh dafn etganini rivoyat qilgan.   


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!