Jarima maydonchasidan motosikl olib qochgan fuqaro 10 yilgacha qamalishi mumkin

Jarima maydonchasidan motosikl olib qochgan fuqaro 10 yilgacha qamalishi mumkin

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida jarima maydonchasidan motosikl olib qochgan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2 sentyabr kuni soat 04:30 larda fuqaro S.J. Jangir qishlog‘ida joylashgan jarimalar maydonchasida saqlanayotgan Q.A.ga tegishli bo‘lgan davlat raqamisiz «Yava» rusumli motosiklni olib qochgan. Uni Qo‘qon–Yaypan yo‘lida yetaklab borayotgan vaqtida ushbu hududda xizmat olib borayotgan O‘zbekiston tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari tomonidan to‘xtatilib ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!