Jahon banki O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish uchun 500 mln dollar mablag‘ ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish uchun 500 mln dollar mablag‘ ajratadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev «Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor yo‘nalishlari, mablag‘dan foydalanish sxemasi va tartibi belgilab berildi.

6 yilga (2020–2026 yillar) mo‘ljallangan ushbu loyihaga Jahon banki tomonidan 30 yil muddatga quyidagi shartlar asosida mablag‘lar ajratilmoqda:

👉 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 181 mln AQSh dollari miqdorida qarz;
👉 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 100 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit;
👉 5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 219 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit.

Loyihaning umumiy qiymati 659,3 mln AQSh dollariga teng, ulardan O‘zbekiston ulushi – 159,3 mln AQSh dollarini, shu jumladan:

➖ soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, investisiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash shaklidagi ulush – 124,3 mln AQSh dollarini;
➖ loyiha ishtirokchilarining (benefisiarlar) ulushi esa 35 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!