Ispaniyadagi JChda yosh bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Ispaniyadagi JChda yosh bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Ispaniyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

“Bu natijani hech bir jamoa yangilay olmadi va yoshlarimiz chempionatni umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi”, - deyiladi xabarda.

G‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva

-57 kg: Baxtiyor Asadov

-67 kg: Javohir Ummataliyev

-71 kg: Fazliddin Erkinboyev

-75 kg: To‘rabek Habibullayev

Kumush medal:

-80 kg: Rahmatillo Boymatov

-70 kg: Aziza Zokirova

-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:

-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev

-75 kg: Sahobat Husanova

Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr kuni Gulsevar G‘aniyeva (-48 kg) hamda Baxtiyor Asadov (-54 kg) o‘z janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, oltin medalni qo‘lga kiritishgandi. Kecha esa, Javohir Ummataliyev, Fazliddin Erkinboyev va To‘rabek Habibullayev jamoa hisobiga yana 3 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!