Ilk ekspriment: Qatarda yo‘llar moviy rangga bo‘yaldi

Ilk ekspriment: Qatarda yo‘llar moviy rangga bo‘yaldi

Dunyodagi ilk yo‘llarni moviy rangda bo‘yash bo‘yicha pilot loyihani Qatarning Jamoat ishlari boshqarmasi Yaponiya kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda. Bu haqda 17 avgust kuni Qatarning «Ar-Raya» gazetasi ma’lum qildi.

Kompaniya o‘z tajribasini Doha markazida, Abdulloh bin Jassem ko‘chasidagi shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi – Suk al-Vakif bozori yonidagi asfaltni moviy rangga bo‘yashdan boshladi.

Nashr so‘zlariga ko‘ra, muhandis Saad al-Doserining ta’kidlashicha, asfaltni moviy rangga bo‘yash qarori uning haroratini pasaytirish uchun qabul qilingan. Issiq kunda quyosh nurlari ostida to‘q rangdagi asfalt havo haroratiga nisbatan 20 darajaga ko‘proq qiziydi, chunki asfaltning an’anaviy quyuq rangi issiqlikni o‘ziga tortadi. Loyiha mualliflarining fikriga ko‘ra, ko‘chalarni ko‘k rangga bo‘yash orqali asfaltning harorati 15−20 darajaga tushirilishi mumkin.

Abdulloh bin Jassem nomidagi ko‘cha eksperimentning boshlang‘ich nuqtasi sifatida tanlandi, chunki u deyarli yashil maydonlarga ega emas, shuning uchun bu ko‘cha quyosh nurlari ostida boshqalarga qaraganda ko‘proq kiziydi.

Eslatib o‘tamiz, loyihaga ko‘ra bo‘yalgan ko‘chada harorat o‘zgarishini kuzatish 18 oy davomida amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!