G‘ijduvonda sigareta o‘limga sabab bo‘ldi

G‘ijduvonda sigareta o‘limga sabab bo‘ldi

Joriy yilning 1 yanvar kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashagan R.R. uyida sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida sigaret kukuni ko‘rpa ustiga tushib, yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyining 40 kv.m. maydonida tom qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda R.R.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!