ECHL. «Real» va «Manchester Yunayted»da yirik g‘alaba, Ronalduda qizil, «Manchester Siti» yutqazib qo‘ydi (video)

ECHL. «Real» va «Manchester Yunayted»da yirik g‘alaba, Ronalduda qizil, «Manchester Siti» yutqazib qo‘ydi (video)

Kecha, 19 sentyabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasida 1-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Jumladan, musobaqaning amaldagi chempioni Madridning «Real» jamoasi o‘z uyida Rimning «Roma»sini qabul qilib, Isko, Garet Beyl hamda Mariano Diaslarning goli sabab yirik, 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Guruhning ikkinchi bahsida «Viktoriya» jamoasi Moskvaning SSKAsi bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Krishtianu Ronaldu esa Ispaniyaga safar qilgan bahsda «Yuventus» «Valensiya»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkala golni ham Miralem Pyanich penaltidan kiritdi. Qizig‘i uchrashuvning 29-daqiqasida Ronaldu qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Pep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» o‘z uyida «Lion»ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, Joze Mourinyo boshliq «Manchester Yunayted» «Yang Boyz» maydoniga safar qilib, 0:3 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Evropa Chempionlar Ligasi

1-tur bellashuvlari

19 sentyabr, chorshanba

«E» guruhi

«Ayaks»—AEK 3:0

Gollar: 1:0 – 46 Talyafiko, 2:0 – 77 van de Bek, 3:0 – 90 Talyafiko.

«Benfika»—«Bavariya» 0:2

Gollar: 0:1 – 10 Levandovski, 0:2 – 54 Sanshesh.

«F» guruhi

«Shaxtyor»—«Hoffenhaym» 2:2

Gollar: 0:1 – 6 Grillich, 1:1 – 27 Ismaili, 1:2 – 38 Nordtveyt, 2:2 – 81 Maykon.

«Manchester Siti»—«Lion» 1:2

Gollar: 0:1 – 26 Kornye, 0:2 – 43 Fekir, 1:2 – 67 Bernardu Silva.

«G» guruhi

«Real Madrid»—«Roma» 3:0

Gollar: 1:0 – 45 Isko, 2:0 – 58 Beyl, 3:0 – 90 Dias.

«Viktoriya Plzen»—SSKA 2:2

Gollar: 1:0 – 29 Krmenchik, 2:0 – 41 Krmenchik, 2:1 – 49 Chalov, 2:2 – 90, penalti Vlashich.

«H» guruhi

«Valensiya»—«Yuventus» 0:2

Gollar: 0:1 – 45, penalti Pyanich, 0:2 – 51, penalti Pyanich.

Chetlatish: Ronaldu 29.

«Yang Boyz»—«Manchester Yunayted» 0:3

Gollar: 0:1 – 35 Pogba, 0:2 – 44, penalti Pogba, 0:3 – 66 Marsyal.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!