Dunyoning eng yoshi katta futbolchisi klubi bilan shartnomani uzaytirdi

Dunyoning eng yoshi katta futbolchisi klubi bilan shartnomani uzaytirdi

Yaponiyalik futbolchi Kadzuyosi Miura Ginnes rekordiga eng yoshi katta o‘yinchi sifatida kiritilgan. Buni qarangki, u hamon dam olmoqchi emas. Aksincha, o‘z yutug‘ini yaxshilash niyatida. Fevral oyida 52 yoshga kiradigan futbolchi Iokogama klubi bilan tuzilgan shartnomasini yana uzaytirdi, deydi life.ru .

Men shartnomani 2019 yilning yakunigacha uzaytirdim. Yordamingiz va meni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga tashakkur. Men hali ko‘plab o‘yinlarda ishtirok etib, g‘alaba qozonishga tayyorman, deydi Miura.

2019 yil Miura karyerasidagi 34 professional mavsum bo‘ladi. Faoliyatini 1986 yilda Braziliyaning Santos klubida boshlagan futbolchi 2005 yildan buyon Iokogama uchun to‘p surib kelmoqda. 1990-2000 yillarda Kadzu Yaponiya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan va 89 o‘yinda 55 ta gol urgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!