Chilonzorda 2617 dona “tropikamid”ning noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi

Chilonzorda 2617 dona “tropikamid”ning noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirin yo‘llar bilan mamlakatimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlar bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda. Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “tropikamid” dori vositalarining noqonuniy savdosiga barham berildi.

Chilonzor tumani Olmazor metro bekati yaqinida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqarolar B.Z. va X.B.lar 1617 dona tropikamid dori vositalarini 55 million so‘mga shartli xaridorga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.    

Shuningdek, qonunbuzarlardan ko‘rik davomida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 290 ming so‘mlik 193 dona homiladorlikni aniqlovchi testlar va “siteal” nomli dori vositasi ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Yana bir holatda, Qatortol ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.A. 1000 dona tropikamid dori vositalarini 32,5 million so‘mga shartli xaridorga noqonuniy tarzda sotayotganida tezkor guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!