Buxoroda o‘smirlar va voyaga yetmaganlardan iborat jinoiy guruh fosh bo‘ldi

Buxoroda o‘smirlar va voyaga yetmaganlardan iborat jinoiy guruh fosh bo‘ldi

Buxoro. 2020 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 00:10 da 23 yoshli A.S., jinoiy sheriklari 18 yoshli M.A., voyaga yetmaganlar 17 yoshli F.O., 16 yoshli A.I., B.K. hamda M.S., lar bilan bir gurux bo‘lib, Buxoro shahar Abay ko‘chasida turgan 31 yoshli F.G‘., ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasining eshigini ochib, avtomashina salonida bo‘lgan, uyali telefonni quvvatlagichini, hamyon ichida bo‘lgan 2.260 AQSh dollari va 500 Rossiya rublini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Bundan tashqari, A.S. va uning jinoiy sheriklari jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil 10 iyul kuni taxminan soat 00:40 da Buxoro shahar Jo‘bor ko‘chasida turgan 24 yoshli A.T., ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasini eshigini ochib, avtomashina ichida bo‘lgan 100.000 so‘mlik ko‘zoynagini yashirin ravishda o‘g‘irlab  hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tergov oldi tekshiruv harakatlari jarayonida gumon qilinuvchilardan, o‘g‘irlangan 500 Rossiya rubli, hamyon, ko‘zoynak ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!