Bugundan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida temir yo‘l qatnovi tiklanadi

Bugundan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida temir yo‘l qatnovi tiklanadi

15 may kuni 647/648-sonli Nukus–Beyneu–Nukus yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining qatnovni boshlanadi.

16 maydan boshlab esa Olma-ota-2–Toshkent–Olma-ota-2 yo‘nalishida 1/2-sonli (“Tulpar-Talgo”) poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’kidlash joiz, Qozog‘iston davlat chegarasidagi o‘tish punktlari orqali Qozog‘istonga kelgan barcha shaxslar PZR usuli bilan COVID-19ga test sinovidan o‘tgani haqida (qozoq, rus yoki ingliz tilida) ma’lumotnoma (chegaradan o‘tishdan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda bo‘lishi) taqdim etishi shart.

Quyidagi toifa shaxslardan ma’lumotnoma talab qilinmaydi:

✅ Qozog‘iston bosh davlat sanitariya vrachi qaroriga asosan Qozog‘iston hududida haqiqiy deb tan olinadigan COVID-19ga qarshi emlanganlik pasporti/sertifikati/ma’lumotnomasiga ega shaxslar;
✅Qozog‘iston Respublikasida COVID-19ga qarshi revaksinasiya yoki to‘liq emlash kursini olgan shaxslar (agar ikkinchi komponentni olganidan so‘ng Qozog‘iston Respublikasi chegarasini kesib o‘tish vaqtida 6 oydan oshmasa);
✅5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, agar ularni kuzatuvchi (birga bo‘lgan) shaxsda ushbu ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa;
✅Qozog‘iston Respublikasi hukumat delegasiyalari a’zolari;
✅Lokomotiv brigadalari, temir yo‘l, dengiz va daryo transporti orqali tashishlarda faoliyat olib borayotgan shaxslar.

Qozog‘istonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar hududidan, shuningdek, Ozarboyjon, Moldova, Tojikiston va O‘zbekistondan kelayotgan shaxslar, shu jumladan, “Puteshestvuyu bez COVID-19” ilovasidan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Tana harorati yuqori bo‘lgan shaxslar aniqlangan holatlarda, ma’lumotnomaning mavjudligidan qat’i nazar, yuqumli shifoxonada izolyasiya qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!