Bog‘ot tumanida tadbirkordan 45 000 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bog‘ot tumanida tadbirkordan 45 000 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.I. va R.D.lar oldindan til biriktirib, “B.Q.” MCHJ rahbarining yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 10 mlrd so‘m kredit olish istagi borligidan foydalanib, ushbu kredit mablag‘ini bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali ajratilishida yordam berishlari evaziga 45 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!