Belaruc ta’lim vaziri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi

Belaruc ta’lim vaziri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi

14 sentyabr kuni Belarus Respublikasi ta’lim vaziri Igor Karpenko Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etayotgan o‘zbek-belorus qo‘shma fakultetining ochilishiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.

Qo‘shma fakultet uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan Igor Karpenko o‘zbek-belarus qo‘shma fakulteti talabalari uchun 150 nomdagi o‘quv adabiyotlarini yetkazib berish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida ma’lum qildi. Shuningdek, qo‘shma fakultet talabalari uchun ikki davlat professor-o‘qituvchilari hammuallifligida yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish masalasi muhokama ham qilindi.

Igor Karpenko universitetdagi ta’lim uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish asnosida universitetning biologiya, kimyo laboratoriyalari, keng imkoniyatlarga ega axborot resurs markazini ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, O‘zbek-belarus ilmiy markazi hamda qo‘shma fakultet tashkil etilishi munosabati bilan 18 sentyabr kuni Belorus davlat pedagogika universiteti vakillarining yurtimizga tashrifi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!