AQShning 16 shtati Donald Trampni sudga berish niyatida

AQShning 16 shtati Donald Trampni sudga berish niyatida

Amerikaning 16 shtati AQSh prezidenti Donald Trampning administrasiyasi ustidan sudga da’vo qildi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

Kaliforniya va Nyu-York shtatlariga tegishli mahalliy hukumat vakillari prezidentga uning mamlakatda Favqulodda holat e’lon qilishi yuzasidan noroziligini bildirdi. Tramp bu qadamni kongressdan Meksika bilan chegaralarda quriladigan devor uchun 8 milliard dollar undirish maqsadida qo‘ygan.

Shtatlarning vakillari so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari parlamentni chetlab o‘tib byudjetdagi mablag‘larni o‘zi istagancha yo‘naltirish vakolatiga ega emas.

Yanvar oyining oxirida Tramp Kongressning 15 fevralga qadar tayyorlagan vaqtinchalik byudjetini imzolagan edi. Meksika bilan chegaralarda devor qurish masalasi prezident hamda hukumat vakillarining qarashlaridagi qarama-qarshilik sabab Amerika hukumati rekord darajada faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan edi.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!