Ana xolos! Ayol rashk sabab 3 yoshli qizalog‘ini o‘ldirdi

Ana xolos! Ayol rashk sabab 3 yoshli qizalog‘ini o‘ldirdi

Angliyalik ayol o‘zining uch yashar qizini haqiqiy otasi bilan ko‘rishmasligi uchun suvga cho‘ktirib o‘ldirdi.

Fojia bir necha oy oldin yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, 36 yoshli Kler Koulbern, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan va qizini undan rashk qilib o‘ldirgan.

Sud jarayonida jinoyatchi osmonda chaqaloq otasining bag‘riga qaraganda xavfsizroq bo‘ladi , deb aytgan.

Aniqlanishicha, ayol erini xiyonat qilishda ayblagan va ajrashish uchun ariza bergan. Erkakning o‘zi ajrashishning sababi sobiq xotinining aqliy muammolari ekanini aytmoqda.

Hozirda sud jarayoni davom etmoqda. Ayolga uzoq yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!