"61 ming so‘mga ruxsat olganmiz": Toshkentda yarim tunda daraxtlarni noqonuniy kesayotgan shaxslar aniqlandi (video)

"61 ming so‘mga ruxsat olganmiz": Toshkentda yarim tunda daraxtlarni noqonuniy kesayotgan shaxslar aniqlandi (video)

Toshkent shahar hokimligi 25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasidagi kuzatuv davomida Alisher Navoiy shoh ko‘chasidagi «Turkiston» san’at saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotganiga guvoh bo‘ldi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hokim ushbu noqonuniy harakat bo‘yicha izoh so‘raganida, ular diametri 70—80 santimetr bo‘lgan 20 ta daraxtni kesish uchun  «Yagona darcha» davlat xizmatlari markazidan 61 ming so‘m evaziga ruxsat olganini ma’lum qilgan.

Voqea joyiga tezlik bilan Yunusobod tuman hokimligi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIBB va prokuratura mutasaddilari  chaqirilgan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu noqonuniy harakatga aloqador guruh qo‘lga olingan. Prokuratura nazoratida sog‘lom daraxtlarni kesish bo‘yicha aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!