138 600 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

138 600 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida Namangan shahar Elobod MFY hududida to‘xtab turgan, fuqaro T.B.ga tegishli “Damas” avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 30 million so‘mlik 138 600 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!