12 xil dori, antibiotikli va gormonli osma ukollar — koronavirusdan vafot etgan bemor tarixi

12 xil dori, antibiotikli va gormonli osma ukollar — koronavirusdan vafot etgan bemor tarixi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti dosenti Dilfuza Hasanova koronavirusga chalinib, tanishining tavsiyasi bilan 12 xil dori, antibiotikli va gormonli osma ukollar  olib, o‘pkasi 80 foizga zararlangan va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan bemor haqida so‘zlab berdi:

"Vafot etgan bir bemorning kasallik tarixi haqida ma’lumot bermoqchiman. Bu bemor 63 yoshli otaxon, 10 yil davomida qandli diabet bilan og‘riga, yondosh gipertonik kasalligi va semizlik bo‘lgan. 22 iyul kuni tana harorati ko‘tarilishi, biroz yo‘tal, holsizlik kuzatilgan.

Bemor hududiy poliklinikaga emas, o‘zining oilaviy tanish shifokoriga murojaat qilgan. Shifokor tashxis qo‘yish uchun otaxonni MSKT (tomografiya) tahliliga jo‘natgan. O‘pkada ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan, o‘pka to‘qimasining 50-60 foizi zararlangan bo‘lgan.

Shifokor otaxonga juda ko‘p, 12 xil turdagi dori muolajalarini tayinlagan. Bunda osma ukollarga qo‘shilgan garmon preparatlari, 3 ta antibiotik ketma-ket, birvarakayiga buyurilgan. Otaxon bu muolajalarni 22 iyuldan 5 avgustga qadar olib, ahvoli yaxshilanmagan. Aksincha, bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi, bo‘g‘ilish, hansirash belgilari paydo bo‘lgan. Yurak urish soni 30 dan oshib ketgan.

Keyin tashxislash uchun yana MSKT o‘tkazilgan. Tahlil natijasida ahvol yaxshilanishi o‘rniga, o‘pkaning endi 70-80 foizi zararlangani ma’lum bo‘lgan. Otaxon o‘ta og‘ir ahvolda koronavirusga ixtisoslashgan klinikaga olib borilib, reanimasiyaga yotqizilgan. Zudlik bilan sun’iy nafas berish apparatiga ulangan. Shifokorlarning tezkor choralariga qaramay, otaxon vafot etgan",


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!