Zelenskiy: Yevropa Ittifoqi Ukraina arizasini ko‘rib chiqayotgan haftada Rossiya dushmanlik faolligini oshiradi

Zelenskiy: Yevropa Ittifoqi Ukraina arizasini ko‘rib chiqayotgan haftada Rossiya dushmanlik faolligini oshiradi

Prezident Vladimir Zelenskiy o‘z nutqida Yevropa Ittifoqi yetakchilari Ukrainaning Yevroittifoqqa nomzod maqomiga ega bo‘lish taklifini ko‘rib chiqayotgan bir paytda Rossiya armiyasi kelasi hafta hujumlarini kuchaytirishi mumkinligini aytdi.

Zelenskiy bu haftani "tarixiy, 1991 yildan beri barcha davrlarning eng muhimlaridan biri" deb atadi. "Shubhasiz, Rossiyadan dushmanlik faolligini oshirishni kutish kerak. Qasddan, indikativ. Bu hafta. Va nafaqat Ukrainaga, balki Yevropaning boshqa davlatlariga ham qarshi. Biz tayyorlanyapmiz va tayyormiz. Hamkorlarimizni ogohlantirmoqdamiz", — deydi prezident.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya kuchlari Zaporoje yo‘nalishida, Xarkov viloyatida qo‘shin to‘plamoqda, ular yana yonilg‘i infratuzilmalarni o‘qqa tutib, yoqilg‘i bilan bog‘liq vaziyatni yomonlashtirmoqchi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!