Xorazmda uy portladi. 15 yashar qiz halok bo‘ldi

Xorazmda uy portladi. 15 yashar qiz halok bo‘ldi

2021 yil 8 yanvar kuni soat 03:41 da Xorazm viloyati, Xiva shahar, Islomxo‘ja ko‘chasi, 6-uyda sizib chiqqan tabiiy gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo‘lib, yashash uyining devorlari va tomi qulagan hamda uyning 70 kv.m. maydonida tom bostirmasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Voqea joyida FVB yong‘in-qutqaruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida soat 04:50larda uy egasi qizining (2005 y.t.) jasadi bino konstruksiyasi uyumlari orasidan olib chiqildi. Yong‘inda uy egasi SH.E.ning yuz qismi, qo‘llari 22 % termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb taxmin qilinmoqda. Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz va isitish moslamalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishingizni so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!