«Xitoylik musulmonlar og‘ir ahvolda»

«Xitoylik musulmonlar og‘ir ahvolda»

Huquqni himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi Human Rights Watch xalqaro tashkiloti Xitoyning Sinszyan hududidagi musulmon uyg‘urlar uchun mo‘ljallangan konslagerlar mavjudligi haqida yangi dalillarni e’lon qildi. Bu haqda "azon.uz" xabar bermoqda.

Auken ismli uyg‘urning aytishicha, hukumat vakillari shaharchalardan biridagi masjid tomiga o‘rnatilgan hilolni olib tashlagan. Keyin imom va muazzin g‘oyib bo‘lgan, ular qamab qo‘yilgani taxmin qilinmoqda. Har hafta shaharchada yashovchilar Xitoy bayrog‘ini ko‘tarish marosimida qatnashishga majburlanmoqda, polisiyalar hijobi bo‘lgani uchun keksa ayolni urishgacha borgan. 

Bundan tashqari, mahalliy aholidan joynamozlar va Qur’on kitoblari yig‘ib olingan.

Sinszyanda soqol qo‘yish va musulmona kiyimlar kiyish taqiqlab qo‘yilgan, bolalarning masjidga borishi va dinni hatto uyda ham o‘rganishi mumkin emas.

Huquq himoyachilari hatto chet ellarda yashovchi uyg‘urlar ham bosimga uchrayotganini aytmoqda. Ularga Xitoy polisiyasi qo‘ng‘iroq qilib, ortga qaytishini talab qilmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!