Xitoy xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda AQShni ortda qoldirdi

Xitoy xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda AQShni ortda qoldirdi

Jalb qilingan xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Xitoy AQShni ortda qoldirdi.

Bu haqda “Wall Street Journal” BMTning savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasining ma’ruzasiga tayanib yozdi.

Gazetaning ta’kidlashicha, 2020 yilda XXR iqtisodiyotiga xorijiy kompaniyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalari 4 foizga o‘sgan va 163 milliard dollarga yetgan.

Amerika iqtisodiyotiga sarmoyalar esa 49 foizga kamayib, 134 milliard dollarni tashkil etgan.

Bundan tashqari, gazetada yozilishicha, “Adidas” sport kiyimlari brendi va Amerikaning “Honeywell International” elektron boshqaruv tizimlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi kabi bir nechta yirik kompaniyalar Xitoyda o‘z ishtiroklarini kengaytirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!