Xavidan qisqa javob: "Boshqa hech narsa haqida gapirmoqchi emasman"

Xavidan qisqa javob: "Boshqa hech narsa haqida gapirmoqchi emasman"

Avvalroq, kataloniyaliklar rahbariyati jamoaning sobiq futbolchisi Xavini bosh murabbiy sifatida klubga olib kelmoqchiligi aytilgandi.

Hozirda asosiy jamoani vaqtincha “Barselona B” ustozi Serxi Barxuan boshqarmoqda.

“E’tiborimni “Al Sadd” bilan ishlashga qaratganman. Boshqa hech narsa haqida gapirmoqchi emasman”, deydi Xavi.

41 yoshli mutaxassis 2019 yildan beri Doha jamoasi murabbiyi sifatida ishlamoqda. Yaqinda esa u klub bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgandi. Yangi bitimga ko‘ra, “Al Sadd” Xaviga jiddiy klublardan taklif tushadigan bo‘lsa, qarshilik qilmasligi ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!