O‘zbekiston Osiyo kubogida g‘olib bo‘lsa, Olimpiadada qaysi guruhdan joy oladi?

O‘zbekiston Osiyo kubogida g‘olib bo‘lsa, Olimpiadada qaysi guruhdan joy oladi?

U23 Osiyo kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Indoneziya - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

68-daqiqada Husayn Norchayev hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada raqib futbolchisi Pratama Arxan o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shuningdek, 84-daqiqada Rizki Ramadani Jasur Jaloliddinovga nisbatan ishlatilgan fol uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Finalga yo‘l olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hal qiluvchi bahsda g‘olib chiqsa, "Parij-2024"da "D" guruhidan joy oladi. Vise-chempion bo‘lsak, "C" kvartetida pley-off uchun kurash olib boradi.

Qayd etish lozim, O‘zbekiston terma jamoasi 3 may kuni Yaponiya - Iroq juftligi g‘olibi bilan finalda maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!