​Venesiya suv ostida qoldi (video)

​Venesiya suv ostida qoldi (video)

Italiyaning sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgan Venesiya shahrining tarixiy markazi uzoq vaqtdan beri davom etayotgan yomg‘irlar sabab suv ostida qoldi. Bu haqida Reuters nashri xabar bermoqda.

Shahardagi ko‘plab do‘kon va kafelarga suv toshgan, mashhur San-Marko maydonida ulkan ko‘lmak hosil bo‘lgan. Ehtiyot chorasi sifatida 12 noyabrdan Venesiyadagi bolalar bog‘chalari faoliyati to‘xtatildi, mehmonxonalar mijozlariga tizzadan baland etiklar tarqatmoqda.

«Mubolag‘a qilmayapman, ammo shaharning 80 foiz qismi suv ostida qoldi. Dahshatli zarar nashri», - dedi Veneto viloyati gubernatori Luka Dzaya o‘z bayonotida.

Meteorologlar 12 noyabr oqshomida Italiya shimoli-sharqi va Sisiliya orolida yana yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Venesiyada har to‘rt yilda bir marta «suv ko‘tarilishi» davri bo‘ladi. Ammo odatda suv sathi 110 santimetrdan baland ko‘tarilmas edi. Ayni vaqtda shaharda suv sathi 187 santimetrga ko‘tarilgan.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!