Van I yana AQShni aybladi

Van I yana AQShni aybladi

AQSh har doim dengizda mintaqaviy keskinlikni oshirish, bir tomonlama sanksiyani kuchaytirib, Xitoyni texnologik qamal qilishga harakat qilib keladi, dedi XXR tashqi ishlar vaziri Van I.

– So‘nggi payt AQSh atrofiga ittifoqchilarini to‘plab, doimiy ravishda dengizda mintaqaviy keskinlikni keltirib chiqarishga urinmoqda, – deya bayonot berdi Van I Qatarning “Peninsula” nashriga intervyu berarkan. – Qo‘shma Shtatlar Xitoyni tiyib turish tizimini yaratishni tezlashtirgan, bir tomonlama sanksiyani kuchaytirib, XXRni texnologik qamal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Vazir qo‘shimcha qilishicha, Xitoyning sa’y-harakati dunyoga hamkorlik, taraqqiyot, barqarorlik va o‘zaro manfaatli natija keltirmoqda:

Xitoyning rivojlanishi va yuksalishi ulkan ichki harakatlantiruvchi qudratga ega va hech qanday kuch bu jarayonga halaqit berolmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!