O‘zbekistonda ikkinchi paxta terimiga qachon o‘tilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ikkinchi paxta terimiga qachon o‘tilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 10 oktyabrgacha birinchi paxta terimi to‘liq yakunlanib, ikkinchi terimga o‘tiladi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, joylardan olingan takliflarga asosan hududlarda paxta yig‘im-terimiga ommaviy kirishish 10 sentyabrdan boshlangan.

Bu yilgi mavsum uchun viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 21 379 ta terim otryadi shakllantirilgan. Ularga 1 959 702 nafar terimchi biriktirilgan.

“Har bitta otryadda o‘rtacha 90-100 nafar terimchi mehnat qilmoqda. Hozirda terimchilar orasida 100-150 killogramgacha paxta terayotganlar bor”, deyiladi xabarda.

Paxta teruvchilar kimlar:

Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari ishchilari - 605 136 nafar;

Mahalliy aholi va mavsumiy ishchilar - 1 269 676 nafar;

Boshqa hududlardan jalb qilingan terimchilar - 64 972 nafar.

Bir nafar terimchiga mavsumda o‘rtacha 1,5 tonna paxta terish hisob-kitob qilinib, paxta yig‘im-terimiga jalb etilmoqda. Terimchilar har kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan haq olmoqda.

Ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda beriladi. Terimchilarning tergan paxtasi uchun terim pullari har besh kunda to‘lab berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashyosi uchun o‘tgan to‘lanadigan pul miqdori o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 2500 — 3000 so‘m atrofida oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!